Jamiyat

JSST: niqob taqish Markaziy Osiyo mintaqasida 200 mingdan ziyod hayotni saqlashga imkon beradi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishEkspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston
JSSTning Tojikistondagi vakili yaqin haftalar ichida Markaziy Osiyo mintaqasida COVID-19 bilan kasallanish va oʻlim holati koʻpayishi taxmin qilinayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Yaqin haftalar ichida Markaziy Osiyo mintaqasida COVID-19 bilan kasallanish va oʻlim holati koʻpayishi kutilmoqda. Bu haqda JSSTning Tojikistondagi vakili Baxtigul Karriyeva maʼlum qildi.

Passajirы na platforme Kurskogo vokzala v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Himoya niqobi qanday taqiladi - shifokor maslahati

“Yaqin haftalar ichida Markaziy Osiyo mintaqasida COVID-19 bilan yangi kasallanish holatlari va oʻlim soni oshishini taxmin qilyapmiz”,  - dedi Karriyeva. Uning soʻzlaridan Sputnik Tojikiston iqtibos keltirgan.

JSST vakili agar odamlar muntazam ravishda muloqotda boʻlishsa va kasallik katta yoshdagilar guruhiga oʻtsa, vaziyat keskin yomonlashishi mumkinligini taʼkidladi.

“Ishonchli epidemiologik modellar yordamida olingan prognozlar optimizmni uygʻotmaydi. Bu modellarga koʻra, cheklovlarning davomli yumshatilishi 2021 yil yanvariga kelib sutkalik oʻlim koʻrsatgichi aprelga qaraganda 4-5 marta yuqori boʻlishi mumkinligiga olib kelishi mumkin”,  -deya tushuntirdi mutaxassis.

Kamera videonablyudeniya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yangicha yondashuv: Oʻzbekistonda niqob taqmaganlar kamera yordamida aniqlanadi

JSST vakili eng oddiy choralar (masalan, niqob taqish) 2021 yil fevraliga kelib 200 mingdan ziyod insonlar hayotini qutqarib qolishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.

COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi

U qatʼiy cheklovlar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yanada samaraliroq ekanini qayd edi.

Odamlar toʻplanishining oldini olish, ijtimoiy masofaga rioya qilish, qoʻllarni toza tutish, virus yuqtirib olishda gumon qilinganlar, yuqtirib olganlarni yakkalash va ular bilan muloqot qilganlarni karantinga olish kundalik odatga aylanishi zarur, deya xulosa qildi Karriyeva.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala