Dunyoda

BSST koronavirus pandemiyasi sababli maktablar yopilishi samarasiga baho berdi

© AFP 2022 / THOMAS KIENZLEShkola
Shkola - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Koronavirus infektsiyasi bilan bemorlangan insonlar sonining keskin ortishi Yevropa davlatlarini cheklov choralarini qatʼiylashtirishga majbur etdi

TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Maktablar yopilishi – koronavirus pandemiyasiga qarshi kamtaʼsirli chora, deya bayonot qildi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa boʻyicha mintaqaviy direktori Xans Klyuge.

Shkola №27 Mirzo-Ulugbekskogo rayona Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Yangi oʻquv yili, pandemiya: maktablar faoliyat yuritishga tayyormi?

"Maktablarning yopilishi infektsiyaga qarshi kurashda koʻpam samarali emas, shu bois, ularni ochish lozim. Ayniqsa, hayotiy qiyin sharoitdagi bolalar katta taʼsirda qolmoqda", - deb yozdi Klyuge oʻzining Twitterdagi sahifasida.

COVID-19ga chalinish holatlari koʻpayayotgani munosabati bilan, BSST yevropa boʻlimiga tegishli tavsiyanomalar kelib tushmoqda, deb taʼkidladi u.

Koronavirus infektsiyasi bilan bemorlangan insonlar sonining keskin ortishi Yevropa davlatlarini cheklov choralarini qatʼiylashtirishga majbur etdi. Xususan, Chexiyada 5 oktyabrdan favqulodda holat rejimi amal qilmoqda, mamlakat maktablari yopilgan. Germaniyada eng keskin choralar Bavariyaning Berxtesgadener-Landesida kiritilgan, bu yerda bolalarga uzrli sabablarsiz uydan tashqariga chiqish taʼqiqlangan, maktablar ham faoliyat yuritmayapti.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0