Jamiyat

Harbiy tavsiyanomalardan 300tasi soxta chiqdi

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaVstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы
Vstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы - Sputnik Oʻzbekiston
Bu yil OTMga imtiyozli kirish maqsadida 13 107 nafar abituriyent harbiy qism qoʻmondonligi tavsiyanomalarini taqdim etgan.

TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. Bu yilgi OTMlarga qabul mavsumida 300dan ortiq sohta harbiy tavsiyanomalar aniqlandi, deb xabar qildi  DTM direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

2020 – 2021 oʻquv yilida jami 13107 nafar abituriyent harbiy qism qoʻmondonligi tavsiyanomasi taqdim etgan. Ulardan 1828 tasi qayta tekshirilgan. 

Tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlangan:  

  • 1516 nafari tavsiyanomalar haqiqiyligi;
  • 172 nafari safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilgani;
  • 85 nafari harbiy xizmatni oʻtamagani;
  • 55 nafari harbiy xizmatni oʻtgan boʻlsa-da, tavsiyanomaga ega emasligi.

Tekshiruv natijalari test natijalari bilan birga tahlil qilinganidan soʻng 1615 nafar abituriyentdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala