Namanganda italiya texnologiyalariga asosan Endokrinologik markaz quriladi

© flikr.comVrach skoroy pomoщi
Vrach skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Milliy palatasi va Italiyaning "Opera" kompaniyasi vakillarining uchrashuvida tibbiy xizmatlar harakatchan boʻla olishi va boʻlishi ham kerakligi taʼkidlandi.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Milliy palatasi va Italiyaning "Opera" kompaniyasi vakillarining onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unla Namanganda Italiya texnologiyalariga asosan Endokrinologik markazni qurish loyihasi boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama etildi. Bu haqda Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati.

Vыraщivaniye osetrov v laboratorii  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Italiya kompaniyasiga Xorazmda osyotr baliqlarini koʻpaytirish taklif qilindi

"Opera"ning dastlabki hisobi boʻyicha ushbu loyihaga jalb etilishi kerak boʻlgan investitsiya taxminan 12 million yevroni tashkil etadi. Loyihadagi innovatsiyalarning biri — qayerda talab boʻlsa, oʻsha yerda "talab boʻyicha" endokrinologik tekshirish uchun harakatchan brigadalar shakllantirishdan iborat.

Uchrashuvda Oʻzbekistonning Italiyadagi Elchisi Otabek Akbarov ishtirok etdi. Uning soʻzlariga koʻra, Elchixona Italiyaning "Opera" kompaniyasi bilan uchta yoʻnalish boʻyicha, jumladan sogʻliqni saqlash tizimi boʻyicha ham sal kam ikki yildirki, faol hamkorlik olib borilmoqda.

Situatsiya v Italii v svyazi s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Italiya olimi koronavirus II toʻlqinini oldini olish choralarini aytdi

Milliy palata raisi Rovshan Izamov sogʻliqni saqlashning eng yaxshi xorijiy tajribasi va modelini olib kirish  Milliy palataning vazifasi ekanligidan kelib chiqib, ushbu davlat tizimi "Opera" kompaniyasi bilan hamkorlikdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi. Izamov shuningdek, Italiya tomonidan yangi istiqbolli loyihalarni tashabbus etilishiga koʻmaklashgani uchun Oʻzbekistonning Rimdagi Elchixonasiga minnatdorchilik bildirdi. 

"Opera" kompaniyasining rahbari Paolo De Anjelis "Pandemiya tibbiyotning qanday boʻlishi kerakligi haqida fikrimizni butunlay oʻzgartirib yubordi. Bugungi bizning asosiy vazifamiz — bemorga harakatchan uskuna yordamida samarali yordam berish va nafaqat shifoxonada", — dedi.

Muzokaralar davomida zamonaviy operatsiya zallari, bemorlar va ular bilan birga boʻladigan barcha oila aʼzolari uchun barcha sharoitlari mujassam  boʻlgan Bosh Endokrinologik markazini tashkil etish, yaʼni mehmonxona qurishni rejalashtirish kabi loyihaning bosqichlari muhokama etildi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala