Iqtisod

Oʻzbekiston oltin sotish boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinni egalladi

© Sputnik / Pavel LisitsыnZolotыe slitki
Zolotыe slitki - Sputnik Oʻzbekiston
Uchinchi chorakda oltinga 892,3 tonnagacha kamaydi va 2009 yildagi minimumgacha yetdi. Bu holat investorlar va isteʼmolchilar shu paytga qadar oʻzida pandemiya oqibatlari taʼsirini his etishayotganini anglatadi

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. 2020 yilning uchinchi choragida Oʻzbekiston oltin sotish boʻyicha yetakchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) maʼlumotlarida keltirilgan.

Veduщiy analitik QBF Oleg Bogdanov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston toʻplangan oltinni qay tarzda oqilona taqsimlashi mumkin - Bogdanov

Oʻzbekiston Markaziy banki 35 tonna qimmatbaho metallni sotgan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni 22 tonna koʻrsatkich bilan Turkiya egallagan. Rossiya esa 1,2 tonna koʻrsatkichi bilan faol oltin sotuvchi mamlakatlar qatoridan joy olgan.

Oltin savdosining ortishi ayrim ishlab-chiqaruvchi-davlatlar pandemiyaoqibatlarini yumshatish uchun oltinga boʻlgan rekord darajadagi narxlardan foydalanib qolish maqsadlari bilan bogʻliq, deb taʼkidlagan Bloomberg ekspertlari.

Oltin narxi avgust oyining boshida rekord darajaga - yaʼni bir untsiya uchun 2067 dollarga koʻtarilgan.

MB Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari qanchani tashkil qilishini maʼlum qildi >>>

Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyi boshlarida Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari may oyidan buyon birinchi bor qisqargan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala