Hodisalar

Qashqadaryoda fuqaro arzimagan qarz sabab qarindoshini pichoqladi

CC0 / Pixabay / Noj v ruke
Noj v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Shahrisabz tumanida 170 000 soʻm sabab yuzaga kelgan janjal bir kishining oʻlimi bilan yakunlandi. 21 yoshli yigit qarindoshini pichoqlab qoʻydi.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida qarz sabab yuzaga kelgan janjal bir kishining oʻlimi bilan yakunlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mashina DPS - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Jizzaxda qarzini qaytarmaslik uchun tarbiyachini oʻldirgan shaxs aniqlandi

Hodisa 27 oktyabr kuni soat 22:00 da roʻy bergan. 21 yoshli Z.I. Shahrisabz tumani “Oʻrtaqoʻrgʻon” qishlogʻida yashovchi qarindoshi 24 yoshli J.E.ning uyiga borib, 170 ming soʻm qarzini soʻragan. U bilan oʻzaro janjallashib qolib, J.E.ga oshxona pichogʻi bilan turli koʻrinishdagi tan jarohatlari yetkazgan.

Fuqaro J.E. Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ammo olgan tan jarohatlari oqibatida tashqi qon ketishi, oʻtkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligidan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Z.I. ga nisbatan Oʻzbekiston JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va u ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala