Jamiyat

Oʻzbekistonda innovatsion gʻoyalar haftaligi boshlandi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bu yil Oʻzbekistonda InnoWeek haftaligi ilk bor onlayn virtual platformada boʻlib oʻtadi. Tadbir doirasida robototexnika musobaqasi va yoshlar forumi oʻrin olgan.

TOSHKENT, 3 noya - Sputnik. Bugun Oʻzbekistonda xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi - InnoWeek boshlandi. Tadbir ilk marotaba onlayn virtual platformada oʻtkazilmoqda, deb xabar qildi Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati. 

"Innoweek 2020" - xalqaro innovatsiyalar haftaligi 3-8 noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekistonda yaratilayotgan innovatsiyalar bilan tanishish mumkin. Haftalik doirasida bir qator tadbirlar rejalashtirilgan.

Innoweek 2020 dasturidan quyidagi tadbirlar oʻrin olgan: 

  • Xalqaro Robototexnika musobaqasi; 
  • Xalqaro yoshlar innovatsion forumi; 
  • Osiyo va Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi hududiy virtual vorkshopi;
  • Yevropa ufqlari (Horizon Europe) doiraviy dasturida ishtirok etish” mavzusidagi vebinar;
  • Fanlar akademiyasi ilmiy- tashkilotlari tomonidan yaratilgan ilmiy hajmdor mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar onlayn taqdimoti; 
  • "Ilm-fan va taraqqiyot" mavzusida eng yaxshi jurnalistik maqolalar boʻyicha tanlov;
  • "Innovatsion gʻoyalar yetakchisi" koʻkrak nishoni tanlovi va boshqalar

Barcha tadbirlar roʻyxati va ularning oʻtkazish jadvali bilan batafsil innoweek.uz sahifasida tanishish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Innoweek - innovatsiyalar haftaligi Oʻzbekistonda 2018 yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda. Unda oʻzbekistonlik iqtidorli yoshlar, innovatsion mahsulot yaratuvchilari, vazirlik va muassasa vakillari, xorijiy kompaniya va diplomatik vakolatxonalar ishtirok etib kelmoqda. Tadbirning maqsadi - Oʻzbekistonda eng zamonaviy texnologiyalarni namoyish qilish va ularni tijorat loyihalariga aylantirish, turdi biznes sohalariga tadbiq etishdir. Oʻtgan tadbirlarda qator loyiha va memorandumlar imzolangan.

 

Yangiliklar lentasi
0