Analitika

Taslim boʻl yoki oʻlasan: Tramp tarafdorlarini rus taqdiri kutmoqda

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishKukla, izobrajayuщaya golovu kandidata Donalda Trampa na ulitse Nyu-Yorka v noch podscheta golosov na vыborax prezidenta SSHA
Kukla, izobrajayuщaya golovu kandidata Donalda Trampa na ulitse Nyu-Yorka v noch podscheta golosov na vыborax prezidenta SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Gʻalati demokratiya: Bayden tarafdorlariga hamma narsa mumkin, Tramp uchun ovoz berganlar esa "monstr"ga aylantirilmoqda.

AQShda saylov natijasini xuddi qoloq “banan respublikalarida” (yoki banan imperiyasida) boʻlganidek, sud yoki koʻcha janglari hal qilishi maʼlum boʻlganiga qaramasdan, Amerika kelajagi qanday boʻlishini hozirdan bilsa boʻladi.

Buning uchun siyosatchilar va “jamoat fikri yetakchilari” bir-biriga nima deyotganini tinglash kifoya. Eslatib oʻtamiz hozirgi kunda AQSH hamjamiyati deyarli teng ikkiga boʻlingan.   

“Hamma: Tramp tarafdorlariga oddiy narsalarni tushunadigan aqlli odamga boʻlgandek munosabat qilishdan voz keching. Ular monstrlar”, - deydi Monet Ikscheyndj (Monét X Change) ismli teleyulduz, jamoat fikri yetakchisi va LGBT faoli.   

Afsuski AQShda bunday pozitsiya normal holatga aylanmoqda. Oʻz vaqtida Xillari Klinton ham Tramp saylovchilarini “bir guruh nochor odamlar” degan edi.

Monet Ikscheyndjning oʻziga kelsak, uning ikkita muhim xususiyati bor: birinchidan u qora tanli, ikkinchidan – biologik erkak (asli ismi Kevin Bertin). Faqat u ayollardek kiyinadi va oʻziga ayollardek munosabatda boʻlishni talab qiladi. Agar biror kishi uni haqorat qilgudk boʻlsa, bir zumda ishsiz qolishi mumkin. Chunki barcha uni “gomofob yoki irqchiga” chiqaradi.

Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
AQSH prezident saylovida Bayden gʻalaba qozonmoqda 

Tramp tarafdorlariga (asosan - nasroniylar, konservatorlar, oddiy ishchilar va yirik shaharlardan uzoqda yashayotgan aholi) nisbatan yomon fikr bildirganlarga esa – hech narsa boʻlmaydi.

Mana shuning oʻzidan AQShda haqiqiy hukumat kimning qoʻlida ekanini juda yaxshi tushunib olsa boʻladi. Bu yerda Kongressdagi deputatlar soni yoki siyosiy hukumat ham hech narsa qila olmaydi.

Umumiy qilib aytganda, AQSH aholisining yarmiga – hamma narsa mumki, qolgan qismi esa – kechirim soʻrashi, pushaymon qilishi va saylov uchastkalariga Demokratlar tomon qoʻshimcha ovozlar yozilayotanini kuzatib turishga majbur.

Tramp tarafdorlari boʻlgan kuzatuvchilar oldidagi shaffof oyna fanera bilan yopilsa ham hech narsa qila olmay kuzatib turishga majbur boʻlmoqdalar.

Saylov qoidalarini qoʻpol ravishda buzayotganlar esa – mutlaq xotirjam. Chunki asosiy “Meynstrim OAV”lar ular tomonda, hatto Amerika sud tizimi ham ular tomonda boʻlishi mumkin.

Tramp vs Bayden: sravnivayem glavnыx pretendentov na ovalnыy kabinet  - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Tramp vs Bayden: Oq uyga daʼvogarlar haqida maʼlumotlar

Haligi “teleyulduz” ham ularni bekorga “monstr” demayapti. Chunki monstrlarni aldash mumkin, ularning ovozlarini ham oʻgʻirlash mumkin, ularga haqiqat va qonunlar ham kerak emas. Axir bular odamlar uchun yozilgan. Agar Tramp va uning jamoasi Amerika sudlarida kichik gʻalabaga erisha olmasa – AQSH aholisining yarmisi ana shunday rejimda nomaʼlum vaqt yashashga majbur boʻladi.

Bir tomondan ularga rahming keladi, lekin ikkinchi tomondan millionlar respublikachilar oʻz tanida etnik ruslar sobiq SSSRning ayrim respublikalarida (Ukraina, Moldova, Boltiqboʻyi) his qilgan tuygʻularni his qilishlari mumkin. Siyosiy huquqlardan mahrum qilish, iqtisodiy hayotdan siqib chiqarish, doimiy kamsitishlar va boshqa xoʻrliklar. CNN jurnalistlari boʻlsa bularni doimo “bu yaxshi, shunday qilish kerak” qabilida yoritib kelgan.

Sobiq Ittifoqning ruslarga qarshi siyosatchilaridan Ukraina prezidenti Zelenskiyni yoki Moldovada prezident nomzodi Mayya Sanduni esga olsak boʻladi. Ularda shunday odat bor: saylov oldidan kamsitilgan va xoʻrlangan ruslarga milliy yagonalik va muhabbat haqida murojaat qilishadi. Baʼzan hatto rus tilida.

Kandidat v prezidentы SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Bayden magʻlubiyatini ruslarga agʻdarish qoʻldan kelmaydi

Amerikadagi Bayden tarafdorlari va sobiq SSSR hududidagi marionetkalar chiqishlarining oʻxshashligi tasodif emas. Chunki Amerikadagi “rangli inqilob”ni ham Ukraina, Gruziya va boshqa “yosh istiqbolli demokratiya” gʻalaba qozongan davlatlardagi inqiloblarni ham oʻsha oʻsha qoʻllari biroz qonga botgan, mahalliy natsist sotiqinlarini yaxshi koʻruvchi odamlar uyushtirgan.

Lekin hammasi unchalik yomon emas. Oxir oqibat Tramp yutqazib qoʻysa ham, uning tarafdorlarida Oregon shtatiga koʻchib oʻtish imkoni bor. U yerda ogʻir narkotilarni qonuniy ravishda xarid qilish mumkin. Buni ham Amerika kelajagining bir koʻrinish desa boʻladi. Qachonlardir buyuk davlat boʻlgan hukumat oʻz fuqarolarining teng yarmini yomon koʻrsa, oʻzining tsivilizatsion institutlarini barbod qilsa, odamlar bunday sharoitda yashashi qiyinlashib qolsa – ularga “nina orqali” vaziyatdan chiqish taklif qilinadi. Amerikaning kelajagi albata bor, lekin u qanday boʻladi, hozircha jiddiy ikkilantirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala