Hodisalar

Bojxona posti boshligʻining uyidan 310 ming dollardan ziyod mablagʻ topildi – bosh prokuror

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы: dollarы SSHA
Denejnыe kupyurы: dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Yigʻmatilla Yoʻldoshev “Ark Buloq” bojxona postining sobiq rahbarining uyida tintuv oʻtkazilganda 311 ming dollar naqd pul topilgani, u jinoiy faoliyatdan olingan daromadlardan foydalanib, “Tashkent City” da ikkita uy sotib olganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev soʻnggi ikki yil ichida respublikada huquqni muhofaza qilish idoralarining 318 xodimi jinoiy javobgarlikka tortilganini maʼlum qildi.

Generalnыy prokuror Uzbekistana Nigmatilla Yuldashev. - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yoʻldoshev: 2 yilda korruptsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln soʻmdan oshdi

Taʼkidlanishicha, “Ark buloq” bojxona posti boshligʻi J. boshchiligidagi bir guruh bojxona xodimlari pora evaziga turli subʼyektlar tomonidan import qilingan tovarlar qiymatini pasaytirib koʻrsatib, davlat manfaatlariga qariyb 9 milliard soʻm zarar yetkazgan.

Tergov jarayonida J.ning uyida oʻtkazilgan tintuvda pora sifatida olingan 311 ming dollar naqd pullar topilgan.

Bundan tashqari, jinoiy yoʻl bilan topilgan pullar evaziga Boʻstonliq tumanida 8 sotixli dala hovli qurganligi, “Tashkent City” majmuasidan 2 ta xonadon va 1 ta noturar joy hamda “Captiva” avtomashinasini sotib olganligi aniqlangan.

Bosh prokuror hozirda J. va uning sheriklari sud oldida javob berayotganini qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala