Hodisalar

Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil skoroy pomoщi
Avtomobil skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Boyovut tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham boʻlmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Sirdaryoning Boyovut tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham boʻlmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Meditsinskiye rabotniki vezut na katalke patsiyentku, dostavlennuyu brigadoy skoroy meditsinskoy pomoщi, v zdaniye karantinnogo tsentra v Kommunarke - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Navoiyda ikki oʻsmir is gazidan zaharlanib vafot etdi

Boyovut tumani Ichki ishlar boʻlimi navbatchilik qismining 6 noyabr kuni soat 13:35 larda bergan xabariga koʻra, tumanning “Qaropchi” mahallasida yashovchi 25 yoshli SH.M. hamda uning 21 yoshli turmush oʻrtogʻi D.M. qoʻlbola usulda yasalgan pechdan chiqqan is gazidan kuchli zaharlanib, uyida vafot etgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga koʻra, er-xotinning oʻlimi is gazidan zaharlanish oqibatida kelib chiqqan.

Holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala