Migratsiya

Mehnat migrantlari kosmodromda ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi

© AFP 2018 / ADRIAN DENNISSamolet uzbekskix avialiniy
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Irkutsk va Amur oʻlkalariga uy hamda kosmodrom atrofidagi qurilishda ishlash maqsadida 249 nafar fuqarolar joʻnab ketdi.

TOSHKENT, 13 noya - Sputnik. Rossiyaning Irkutsk va Amur oʻlkalariga ishlash maqsadida tashkillashtirilgan tartibda 249 nafar fuqarolar joʻnab ketdi, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Rossiyalik ish beruvchilar va masʼul tashkilotlar bilan kelishuv asosida Irkutsk viloyatidagi uy qurilishi uchun 50 nafar, Amur viloyatida Kosmodrom atrofidagi qurilish obʼyektlarida ishlash uchun 199 nafar Oʻzbekiston fuqarolari charter reys orqali joʻnab ketdi, - deyilgan xabarda.

Kelishuvlarga muvofiq, fuqarolarning oylik ish haqi oʻrtacha 40-60 ming rublni tashkil etishi, shuningdek ularning transport, ovqatlanish, ishlash uchun ruxsat beruvchi patent va yashash xarajatlari, kasallik aniqlansa - davolash xarajatlari - kompaniyalar tomonidan taʼminlanishi belgilangan.

Mehnat migrantlari 14 kunlik karantindan soʻng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obʼyektlarida ish boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala