Ufadan Toshkentga charter reyslar amalga oshiriladi

© Facebook / Posolstvo Rossii v UzbekistaneBolee 220 chelovek vernulis v Rossiyu charternim reysom iz Tashkenta
Bolee 220 chelovek vernulis v Rossiyu charternim reysom iz Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan O‘zbekistonga havo qatnoviga PZR tekshiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi 22-noyabrda Ufadan Toshkentga charter qatnov amalga oshirilishi to‘g‘risida xabar bermoqda.

Jadval va aviachiptalar narxi bilan aviakompaniyaning saytida tanishish mumkin.

Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan O‘zbekistonga havo qatnoviga O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (qatnov jo‘nashidan oldin kamida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi.

PZR ma’lumotnomasiga ega bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo‘yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, "Uzbekistan airways" AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki mintaqangizdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0