MTV rahbari oʻrinbosari onlayn-efirda "olib qochishga majburmiz, nima qilamiz?", dedi

© Sputnik / StringerVideokamera na press-konferentsii
Videokamera na press-konferentsii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Vazir oʻrinbosari Maqsud Yoʻldoshev oʻsha paytda qoʻngʻiroq qilgan Xurshid ismli shaxsga javob berar ekan, "Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz", degan soʻzlari toʻgʻridan toʻgʻri efirga ketdi.

TOSHKENT, 18 noya - Sputnik. MTV rahbari oʻrinbosari onlayn-efirda "olib qochishga majburmiz, nima qilamiz?", dedi. Bu haqda "Kun.uz" nashri xabar bermoqda.

18 noyabr, chorshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtib, unda davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining 9 oydagi ijrosi koʻrib chiqilmoqda.

Tadbir doirasida, deputat Doniyor Gʻaniyev savol berayotgan paytda maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari Maqsud Yoʻldoshev kamera mikrofonini oʻchirishni yoddan chiqarib qoʻydi. Majlis Youtube orqali jonli efirga uzatilayotgan edi.

Vazir oʻrinbosari Maqsud Yoʻldoshev oʻsha paytda qoʻngʻiroq qilgan Xurshid ismli shaxsga javob berar ekan, "Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz", degan soʻzlari toʻgʻridan toʻgʻri efirga ketdi.

Maqsud Yoʻldoshev katta ehtimol bilan oʻzining savolga javobini nazarda tutganligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0