Qizil Toshkent: Oʻzbekiston poytaxtida qor tufayli koʻchalarda harakat toʻxtab qoldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya na dorogax Tashkenta iz-za snegopada
Situatsiya na dorogax Tashkenta iz-za snegopada - Sputnik Oʻzbekiston
"Yandeks.Kartы" xizmati poytaxt koʻchalarida oʻn ballik tirbandlik yuzaga kelganini koʻrsatmoqda. Poytaxtdagi birinchi qor tufayli avtomobil yoʻllari haqiqatan falaj holatga keldi

TOSHKENT, 18 noya - Sputnik. Bugun, 18 noyabrda Oʻzbekiston poytaxtida yoqqan qor tufayli Toshkent koʻchalari "toʻxtab qoldi".

"Yandeks.Kartы" xizmati avtomobil yoʻllarida oʻn ballik tirbandlik yuzaga kelganini koʻrsatmoqda.

Tashkent zasыpalo pervыm snegom - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Toshkentda birinchi qor yogʻdi – video

"Mashinalar odamlar kabi yuryaptimi", - deya hayratini yashirmaydi yoshgina talaba qiz Nigora. Chindan ham, jamoat transportlari qatnovi sustlashgan, avtomobillar ham deyarli odamday odimlar edi.

Tirbandlik kuchliligidan ayrim avtobuslar bekatlarda toʻxtamadi, yoʻlovchilar juda sekin harakatlanayotgan avtobusga chiqishga majbur boʻlgan holatlar ham kuzatildi.

"Hech kim bunday boʻlishini kutmagandi, qor yaxshi, ammo uch soat deganda oʻz manzilimga yetib oldim", - deya yoʻllardagi probkalarga munosabat bildiradi Muxtor ismli haydovchi.

© Yandeks.ProbkiKrasnыy Tashkent: stolitsa vstala v desyatibalnыx probkax
Qizil Toshkent: Oʻzbekiston poytaxtida qor tufayli koʻchalarda harakat toʻxtab qoldi - Sputnik Oʻzbekiston
Krasnыy Tashkent: stolitsa vstala v desyatibalnыx probkax

Sinoptiklarning aytishicha, minus daraja Oʻzbekiston poytaxtida yana bir necha kun ushlanib turadi.

Darvoqe, maktablardan farzandini olib qaytayotgan avtoulovli ota-onalar, qolaversa, ish bilan koʻchaga chiqqan fuqarolar ham taksi kutib turgan yosh bolali insonlarga yordam qoʻlini choʻzib - manzillariga bepul eltib tashlashmoqda. Yoʻllardagi besaranjomlik va taksichilarning yoʻl pulini uch karra oshirib olishgani fonida bu hamjihatlik insoniylik namunasidir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala