Migratsiya

Moskvada dvorniklar maoshlarini oshirish masalasi koʻtarildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishDvornik
Dvornik - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya migrantlar kasaba uyushmalari Moskvani sirpanchiqdan qutqarish uchun mehnat muhojirlari - dvorniklar maoshini ikki barobar oshirishga chaqirdi

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Rossiya mehnat migrantlari kasaba uyushmasi raisi Renat Karimov Moskvadagi mehnat muhojirlari yetishmovchiligi masalasiga ularning oylik maoshini ikki barobar oshirish orqali yechim topish mumkinligi haqida bayonot bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Jamoatchilik xizmati xabarlari.

Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyadagi migrantlarning patentlari muddati pandemiya yakuniga qadar uzaytirilishi mumkin

Moskvada birinchi qor yogʻishi bilan, shaharda kommunal xizmatlar faoliyatidagi kamchiliklar koʻzga tashlanib qoldi.

Karimovning soʻzlariga koʻra, bu qisman Moskva JKX tuzilmasida mehnat qilgan aksariyat migrantlarning koronavirus pandemiyasi tufayli ketganligi bilan bogʻliq. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mehnat muhojirlari soni 40%ga kamaygan.

Mehnat muhojirlari kasaba uyushmasi rahbarining taʼkidiga koʻra, soʻnggi oylarda qoʻshni mamlakatlardagi ishchilarga boʻlgan talab anchayin oshgan. Agar dvorniklarga ikki karra koʻp maosh berilsa, ular ikki karra koʻp ishlarni bajaradi, deb qoʻshimcha qilgan u.

"Dvorniklar ham odam. Ular uzoq muddat maoshsiz oʻtirishdi. Bir nechta boshqaruvchi kompaniyalar bizga ishchilarni berish iltimosi bilan chiqqan edilar. Ammo bizda ham boʻsh oʻtirgan kadrlar yoʻq", - degan Karimov.

U shuningdek, dvorniklar ish ogʻirligi uchun boʻshab ketishmaganini ham eslatdi.

Prazdnovaniye Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiya Musulmonlar kengashi migrantlar uchun portalni ishga tushiradi

"Ular uylariga ketmoqda. Yangi ishchilar esa kelmayapti. Ketganlar ketayapti, kelishga esa ruxsat yoʻq. Mana muammo qayerda", - degan kasaba uyushmasi rahbari.

RF bosh vazir oʻrinbosari Marat Xusnullinga koʻra, koʻpchilik hukumatga migrantlar uchun Rossiyaga yoʻlni ochishni soʻrab, murojaat qilishmoqda.

Ammo Rossiya hukumati koronavirus bilan bogʻliq vaziyat stabillashmay turib, tavakkalchilikka yoʻl qoʻymaslikka qaror qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala