Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishDalnemagistralniy shirokofuzelyajniy passajirskiy samolet Airbus A350-900 aviakompanii "Aeroflot" v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo
Dalnemagistralniy shirokofuzelyajniy passajirskiy samolet Airbus A350-900 aviakompanii Aeroflot v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning havo orqali yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalariga O‘zbekiston, Belarus, Isroil, Livan, Marokash, Ummon, Slovakiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Kuba, Kipr va Maldivlarga parvozlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlashdi

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Rossiyaning litsenziyaga ega aviakompaniyalari 12ta mamlakatga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldilar, deb xabar bermoqda Rosaviatsiya.

Texniki u samoleta rossiyskoy nizkobudjetnoy aviakompanii Pobeda - Sputnik O‘zbekiston
"Pobeda" aviakompaniyasi O‘zbekistonga uchishga ruxsatnoma oldi

Federal havo transporti agentligi ta’kidlashicha, bunday ruxsatnomalarni berish to‘g‘risidagi qaror buyruqda ko‘rsatilgan xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar yaqin vaqtda qayta tiklanishini anglatmaydi. Ruxsat - bu aviakompaniya boshqa mamlakatlar bilan parvozlar qayta tiklanganida u foydalanishi mumkin bo‘lgan huquqdir.

Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekiston, Belarus, Isroil, Livan, Marokash, Ummon, Slovakiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Kuba, Kipr va Maldivlarga parvozlarni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan.

Ta’kidlanishicha, shuningdek: Novosibirsk – Buxoro, Yekaterinburg – Buxoro, Krasnodar – Qarshi, Moskva – Navoyi, Sankt-Peterburg – Nukus, Yekaterinburg – Urganch, Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishlarda parvozlar qayta tiklanishi mumkin.

Sal avval "Ural avialiniyalari" Toshkentdan Moskvaga ikkita parvozni (16 va 23-noyabr kunlari) amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. 23-noyabrga chiptalarni Toshkent, Shota Rustaveli, 28-uy manzilida joylashgan HRG Radius Travel aviakassasidan (mo‘ljal: №160 maktabning ro‘parasi, eski "Okean" do‘koni) xarid qilish mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0