Oʻzbekiston Qirgʻizistonga 200 koyka-oʻringa moʻljallangan tibbiyot konteynerlarini yubordi

© Press-slujba "Uzbekiston temir yullari"Uzbekistan otpravit v Kыrgыzstan tri tыsyachi tonn pshenitsы v kachestve gumanitarnoy pomoщi
Uzbekistan otpravit v Kыrgыzstan tri tыsyachi tonn pshenitsы v kachestve gumanitarnoy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Xusniddin Xasilovga koʻra, shuningdek, Qirgʻizistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam koʻrsatish uchun oʻzbekistonlik shifokorlarni ham yuborish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 19 noya - Sputnik. Oʻzbekiston 18 noyabr kuni Qirgʻizistonga navbatdagi gumanitar yordamni — 200 koyka-oʻringa moʻljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarini yubordi. Bu haqda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" xabar bermoqda.

Flag Kirgizii Flag Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston Xitoydan yana bir bor tashqi qarz yukini yengillatishni soʻradi

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi Xusnitdin Xosilov Oʻzbekistonning gumanitar yordami haqida quyidagilarni gapirgan.

"Shunisi eʼtiborliki, konteyner shifoxonalari tajribasi Oʻzbekistonda sinovdan oʻtgan va oʻzini yaxshi koʻrsatdi. Shuningdek, koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish va davolashda yordam berish uchun oʻzbekistonlik shifokorlarini yuborish ham rejalashtirilgan".

Poyezdni kuzatib borgan Oʻzbekiston delegatsiyasini kutib olgan mutasaddilar, xususan, Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatining Oʻsh viloyatidagi muxtor vakili Jarasul Abduraimov pandemiya davrida Oʻzbekiston tomonidan koʻrsatilgan koʻmak juda dolzarb ekanligini taʼkidlagan va koʻrsatilayotgan yordam uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirgan.

"Tezkorlik bilan koʻrsatgan yordam uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz. Biz oʻzbek xalqiga farovonlik va sogʻlik-salomatlik tilaymiz, xalqlarimiz doʻstligi abadiy boʻlsin!", - degan Abduraimov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala