Jamiyat

Koronavirus sovuqda oʻzini qanday tutadi - shifokor javobi

© AFP / Ozan KoseDevushka vo vremya snegopada v Stambule, Turtsiya
Devushka vo vremya snegopada v Stambule, Turtsiya  - Sputnik Oʻzbekiston
Havo harorati past boʻlsa, virus uyquga ketadi, lekin oʻlmaydi. Issiq organizmga tushishi bilan hayot faoliyatini davom ettiradi.

TOSHKENT, 24 noya - Sputnik. Qish yaqin, qor, havo harorati minus darajaga tushmoqda. Bunday havoda koronavirus tarqalishi kuchayadimi? - degan savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi

- Havoga ajralgan virus yozgi kunda 3 soat turishi tasdiqlangan boʻlsa, bugungi sovuq kunlarda u koʻproq, yaʼni 5-6 soatgacha saqlanadi. 

Havo harorati past boʻlsa, virus uyquga ketadi, lekin oʻlmaydi. Issiq organizmga tushishi bilan hayot faoliyatini davom ettiradi.  

Koronavirus havo haroratining oʻta yuqori boʻlishida, yaʼni 70 darajadan yuqori haroratda suvda qaynatilsa, 5-15 daqiqada nobud boʻlishi kuzatilgan.

Koronavirus havo tomchi, fekal-oral va kontakt yoʻllari bilan yuqadi. Demak, issiqroq kunlarga nisbatan sovuq kunlarda bunday muhitda virus saqlanishi uzoqroq boʻladi. Bu esa inson organizmiga tushishi imkoniyatini kuchaytiradi.

Graffiti cheloveka s beskontaktnыm termometrom na ostrove Yava  - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus sovuqda avj oladimi - SSV javobi

Bundan kelib chiqadiki, agarda Siz odam gavjum joylarga borsangiz va u yerda niqob, qoʻlqop kabi himoya vositalaridan foydalanmasangiz, masofa saqlanmasa hamda qoʻllargatez-tez ishlov berilmasa, koronavirus organizmga tushishi aniq va ayniqsa odamlar koʻp joylarda kasallanish juda ham yuqori boʻladi.

Masofani saqlang, doimiy ravishda qoʻllarni sovunlab yuving yoki antiseptiklar bilan ishlov bering. Uyga qaytganda esa, tashqarida kiyilgan ustki kiyimlarni daxlizda qoldiring, uyda birinchi qoʻllarni uzoq muddat sovunlab yuving, yuzni, koʻzlarni, tomoqlarni va burunlarni issiqroq suvda kamida 3 marta chayib tashlang.

Shu tariqa uyingizga virusni olib kirishdan saqlanasiz,- deydi shifokor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala