Hodisalar

Milliy gvardiya “Eski juva” bozoridagi janjal yuzasidan izoh berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaro Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi U.Ibragimov ekanligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. 22 noyabr kuni Shayxontohur tumanidagi “Eski juva” dehkon bozori hududida jamoat tartibini saqlash yuzasidan xizmatga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga bozorga xaridor sifatida kelgan fuqaro murojat qilib, ushbu bozor hududida pirotexnika vositasi sotib olish uchun sotuvchiga 260 ming soʻm pul berganligini, lekin sotuvchi kelishilgan mahsulotlarni bermasdan, qochib ketganligi haqida shikoyat qilgan.

Bu holatni kuzatib turgan bir guruh shaxslar murojaat etgan fuqaroga nisbatan shu joyning oʻzida hakoratli soʻzlar ishlatib, oʻzlarining bu kabi xatti-harakatlari bilan pirotexnika vositasi sotuvchisi tarafdorlari ekanligini ayon qilishgan.

Vaziyatni yengillashtirish uchun Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jabrlanuvchi fuqaroni bozor hududidan olib chiqib, holatga oydinlik kiritish maqsadida IIO tayanch punkti masʼul xodimiga topshirilgan.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bozor hududida janjal koʻtargan bir guruh fuqarolarni tartibga chaqirishga harakat qilganlar. Jamoat tartibi qoidalariga rioya qilmagan ushbu fuqarolardan biri Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, haqoratli soʻzlarini davom qildirib, atrofdagilar diqqatini oʻziga jalb qilgan holda xizmat majburiyatini bajarayotgan harbiy xizmatchilardan biriga qoʻl koʻtargan.

Shu bois Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ushbu fuqaroga nisbatan kuch ishlatishga majbur boʻlib, oʻrnatilgan tartibda IIO tayanch punktiga olib borib topshirganlar.
Oʻtkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaro Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi U.Ibragimov ekanligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala