Oʻzbekiston qachon Xitoy vaktsinasini sinovdan oʻtkazishni boshlaydi - vazir Xadjibayev javobi

© RFPI i Tsentr imeni Gamalei / Fotobankka oʻtishSotrudnitsa laboratorii
Sotrudnitsa laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoy vaktsinalari namunalari hozirda Oʻzbekistondagi farmqoʻmitasida zarur sinovlardan oʻtkazilmoqda, dedi vazir

TOSHKENT, 28 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Xitoy vaktsinalari namunalari hozirda mamlakat farmqoʻmitasida zarur sinovlardan oʻtkazilmoqda. Ushbu sinovning yakuni boʻyicha uchinchi faza sinovlari odamlarda boshlanadi, dedi Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda.

Proizvodstvo vaktsinы ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Xitoy bilan birgalikda vaktsina ishlab chiqishda ishtirok etadi

"Pandemiya bilan qamrab olingan aksariyat davlatlar singari Oʻzbekiston ham aholi vaktsinatsiyasi borasida oʻylamoqda. Bilamizki, dunyo boʻyicha 100dan ortiq kompaniyalar vaktsinalar ishlab-chiqarilishi ustida ish olib bormoqda. Yigirmaga yaqin kompaniyalar birinchi va ikkinchi faza tadqiqotlarini amalga oshirdilar va hozirda uchinchi faza ustida ish olib borishga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Xitoyning ikki kompaniyasi va Rossiyadan Sputnik V vaktsinasini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bizga murojaat bilan chiqdi. Xitoy kompaniyalaridan biri bepul asosda bizga klinik sinovlarning 3 fazasini oʻtkazish uchun 6 000 oza preparatni taqdim etishni taklif etmoqda. Hozirda ushbu taklif qabul qilingan va Xitoy vaktsinalari namunalari hozirda mamlakat farmqoʻmitasida zarur sinovlardan oʻtkazilmoqda. Ushbu sinovning yakuni boʻyicha uchinchi faza sinovlari odamlarda boshlanadi", - dedi SSV rahbari Xadjibayev.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti tomonidan tayyorlangan vaktsina sinovining uchinchi bosqichi Oʻzbekistonda oʻtkazilishi maʼlum qilingan edi.

Vaktsina "Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va ayni vaqtda Oʻzbekistonga olib kelingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala