Jamiyat

TDIU talabasi “MDHning eng yaxshi talabasi-2020” xalqaro tanlovida gʻalaba qozondi

Tanlovda 14 mamlakat vakillari “Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarni boshqarish” yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etdi.

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi Dostonbek Rustamov Nursulton shahrida oʻtkazilgan “MDHning eng yaxshi talabasi-2020” xalqaro tanlovida faxrli I oʻrinni egalladi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Tanlovda 14 mamlakat vakillari “Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarni boshqarish” yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etdi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining oliy taʼlim muassasalari talabalarini qoʻllab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qoʻshayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib ragʻbatlantirish hisoblanadi.

Tanlov natijalariga koʻra, Dostonbek Rustamovning ilmiy ishlari, qoʻlga kiritgan yutuqlari va tanlov davomidagi saralash jarayonlari hisobga olingan holda I oʻringa munosib deb topildi.

U “MDHning eng yaxshi talabasi-2020” yozuvi tushirilgan koʻkrak nishoni va I darajali diplom bilan taqdirlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala