Jamiyat

Dekabrda qanday ob-havo kuzatiladi

© Sputnik / Ilya Timin / Fotobankka oʻtishSoyka v gorodskom parke "Belichiy ostrov" posle nochnogo snegopada v Petrozavodske
Soyka v gorodskom parke Belichiy ostrov posle nochnogo snegopada v Petrozavodske - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dekabrda yogʻingarchilik yomgʻir, qor koʻrinishida boʻladi. Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilikli kunlar oʻrtacha 5 kundan 13 kungacha tashkil qilishi mumkin.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Oʻzgidromet qish faslining birinchi oyi dekabrda ob-havo qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bu yilgi dekabr harorat koʻrsatkichlari boʻyicha oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlishi kutilmoqda.

Oy davomida haroratning kechasi 0-5 daraja sovuqdan 2-7 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

Respublikaning shimolida tunda 8-10 daraja sovuq boʻlishi mumkin. Oyning ikkinchi yarmida esa 12-15 daraja sovuq boʻlishi mumkin.

Dekabrda yogʻingarchilik yomgʻir, qor koʻrinishida boʻladi. Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilikli kunlar oʻrtacha 5 kundan 13 kungacha tashkil qilishi mumkin. Bir kecha kunduzda maksimal yogʻinlar miqdori sutkalik meʼyordan ancha koʻp boʻlishi mumkin.

Bu yilgi dekabrda oylik yogʻinlar miqdori meʼyor atrofida, ayrim joylarda meʼyordan yuqori, shimolda esa ayrim joylarda meʼyordan past boʻlishi kutilmoqda (Toshkentda dekabr oyi uchun yogʻinlar 59 mm ni tashkil qiladi). Yogʻingarchilik oy davomida vaqti-vaqti bilan kuzatiladi.

Yangiliklar lentasi
0