Dunyoda

Xitoy toʻrt nafar AQSH amaldorlariga qarshi sanktsiya kiritadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishFlag SSHA i flag Kitaya
Flag SSHA i flag Kitaya  - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoy AQShning xatti-harakatlariga javoban toʻrt nafar shaxsga nisbatan saktsiya joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Xitoy Gonkong tufayli AQShning toʻrt nafar mansabdor shaxslariga nisbatan sanktsiya qoʻllaydi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin brifingda maʼlum qildi.

Flag Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoy oʻz suverenitetiga xavf solayotgan davlatlarni "koʻzsiz qoldirish" bilan poʻpisa qildi

Avvalroq AQSH kuni kecha Gonkong masalasi tufayli toʻrt nafar xitoylik amaldorga qarshi sanktsiya kiritgani maʼlum boʻlgandi.

“AQShning xatti-harakatlari Gonkong ishlari va Xitoyning ichki ishlariga qoʻpol aralashish hamda xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar meʼyorining jiddiy buzilishidir. Biz buni qattiq qoralaymiz va bunga qarshimiz”, - dedi diplomat. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Uning soʻzlariga koʻra, AQShning xato xatti-harakatlariga javoban Xitoy tomoni toʻrt nafar shaxsga nisbatan sanktsiya joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan”. Ularga Xitoy, Gonkong va Makaoga kirish taqiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala