Rossiya

Rossiya vaktsinasi samarali ekanini tushunamiz – Xadjibayev “Sputnik V” haqida

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Rossiya bilan “Sputnik V” vaktsinasi borasidagi muzokaralar jarayoni haqida soʻzlab berdi va uning mamlakatda uchinchi bosqich sinovlari boshlanishi muddatini taxmin qildi.

Sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Oʻzbekiston Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasiga (RFPI) respublikaga “Sputnik V” vaktsinasining bir necha yuz dozasini ajratish taklifi bilan murojaat qilganini maʼlum qildi.

“Javobini kutyapmiz (Rossiya tomonining – tahr.). Agar u ijobiy boʻlsa, jarayon, albatta, oldiga siljiydi. Agar bu yil boʻlmasa, unda umid qilamanki, 2021 yilning birinchi choragida respublikada klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshlash mumkin boʻladi”, - dedi vazir Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Ministr zdravooxraneniya Abduxakim Xadjibayev o tom, kogda mir zagovorit o pobede nad koronavirusom  - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Dunyo COVID-19 pandemiyasi ustidan qachon gʻalaba qozonadi - SSV rahbari fikri

Xadjibayev Oʻzbekiston muzokaralar uchun ochiqligini taʼkidladi.

“Biz Rossiya vaktsinasi yetarlicha samaraligini tushunamiz. Ayrim mamlakatlar allaqachon buyurtma berayotganini bilamiz. Mening bilishimcha, Rossiyaning oʻzida ham ixtiyoriy asosda emlash ishlari olib borilmoqda”, - dedi u.

Rossiya va dunyodagi koronavirusga qarshi birinchi “Sputnik V” vaktsinasi oʻzining 95 foiz samaradorligini koʻrsatdi. U 11 avgust kuni roʻyxatga olindi. Hozir vaktsinaning klinik sinovlarining uchinchi bosqichi Belarus, BAA, Venesuela va qator davlatlarda oʻtkazilmoqda. 50 dan ziyod davlatdan “Sputnik V”ning 1,2 milliardan ortiq dozasini xarid qilishga buyurtma kelib tushgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala