Migratsiya

Rossiyalik ekspert migrantlar oʻta yetishmayotgan sohalarni aytdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishStroitelstvo jilogo doma
Stroitelstvo jilogo doma - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada qurilish, chakana savdo, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda migrantlar yetishmasligi kuchli sezilmoqda.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Koronavirus bilan bogʻliq cheklovlar taʼsir koʻrsatmagan qurilish, chakana savdo, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda migrantlar yetishmasligi kuchli sezilmoqda. Bu haqda tadbirkorlar huquqini himoya qilish boʻyicha Rossiya prezidenti huzuridagi vakilning maslahatchisi Anton Sviridenko maʼlum qildi.

Kuryerы slujb dostavki Delivery Club i Yandeks Yeda - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Migrantlar kamayishi Peterburgdagi biznesga qanday taʼsir qildi

“Kuchli cheklovlar boʻlgan yoki saqlanib qolinayotgan yoki talab tushib ketgan joylarda bu yil ham migrantlar mehnati talab qilinmayapti. Ammo ishlab chiqarish hajmi tushib ketmagan qurilish, chakana savdo, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda migrantlar yetishmasligi oʻta kuchli sezilmoqda, chunki fuqarolarimizni muayyan bir oʻrinlarni egallashga majburlashning imkoni yoʻq”, - dedi Sviridenko. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

U, kichik va oʻrta biznes maʼlumotlariga koʻra, ishsizlik oʻsishi va xodimlar soni qisqartirilishiga qaramay Rossiya fuqarolari baribir migrantlar oʻrnini egallashga rozi boʻlishmaganini taʼkidladi.

Moskvada dvorniklar maoshlarini oshirish masalasi koʻtarildi

Sviridenko migrantlar mehnati bir vaqtning oʻzida butun dunyo iqtisodiyoti uchun ham ragʻbatlantiruvchi omil, ham muammo ekanini qayd edi.

“Bir tomondan, arzonroq ishchi kuchidan foydalanish biznesni ragʻbatlantiradi, boshqa tomondan esa mamlakatning oʻzining fuqarolari bandligi imkoniyatini cheklaydi”, - deya tushuntirdi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala