Jamiyat

OTMda oʻqiganlikni tasdiqlovchi maʼlumotnomani onlayn olish mumkin

Endi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlovchi maʼlumotnomani onlayn olish mumkin. Xizmat bepul koʻrsatiladi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Endi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlovchi maʼlumotnomani onlayn olish mumkin. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtorizatsiyadan oʻtish va xizmatdan foydalanish boʻyicha soʻrovnomani toʻldirish kerak boʻladi.

“Ushbu maʼlumotnoma 5 ish kuni davomida shakllantiriladi va elektron koʻrinishida YAIDXPdagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi”, - deyilgan xabarda.

Idora xizmat bepul koʻrsatilishini qoʻshimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala