Toshkentdan Nur-Sultonga muntazam reyslar qayta tiklanmoqda

© PATRICK BAZ / AFPPrizemlenie samoleta kompanii "Air Astana" v aeroportu Almati
Prizemlenie samoleta kompanii Air Astana v aeroportu Almati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Almatiga qo‘shimcha reyslar kiritdi. Kompaniya shuningdek, Nur-Sultonga muntazam reyslar qayta tiklanganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 3 dek - Sputnik. "Uzbekistan Airways" Nur-Sultonga muntazam parvozlar qayta tiklanganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shuningdek, 2020-yil 8-dekabridan boshlab har seshanba Almatiga qo‘shimcha reyslar amalga oshiriladi.

Parvozlar grafigi quyidagicha:

Toshkent – Almati uchish 15:20, yetib borish vaqti 17:50

Almati – Toshkent uchish vaqti 18:50, yetib borish vaqti 19:30

2020 yil 10-dekabrdan boshlab Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonga reyslar har juma, 15-dekabrdan boshlab seshanba kunlari quyidagi grafikda amalga oshiriladi:

Toshkent – Nur-Sulton uchish vaqti 13:00, yetib kelish vaqti 16:00

Nur-Sulton – Toshkent uchish vaqti 17:00, yetib borish vaqti 18:00

Yangiliklar lentasi
0