Qozog‘iston "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda

Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda koronavirusga qarshi preparat sifatida ro‘yxatdan o‘tgan birinchi vaksinani ishlab chiqarish Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan kelishuvga muvofiq yo‘lga qo‘yiladi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Qozog‘istonda 2020-yilning 22-dekabridan Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, aholini ixtiyoriy ravishda ommaviy vaksina bilan emlash ishlarini 2021-yildan boshlash ko‘zda tutilgan. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Kasim Jomart-Tokayevning bosh vazir Askar Mamin bilan bo‘lgan uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston nashri.

Vrach vo vremya vaksinatsii - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi qozoq vaksinasi sentabrda sinovdan o‘tkaziladi

"Davlat rahbariga alohida blokda uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kelishuviga binoan shu yilning 22-dekabrida Qozog‘istonda Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinasini ishlab chiqarish boshlanishi haqida xabar berildi. Mamlakat aholisini ommaviy ravishda ixtiyoriy emlashni boshlash ishlari 2021-yil boshidan rejalashtirilgan", - deb yozadi Akorda.

“Sputnik V”: 50tadan ortiq davlat vaksinani sotib olish uchun buyurtma berdi >>>

Ta’kidlanishicha, birinchi bosqichda aholining virusni yuqtirib olish xatariga ko‘proq moyil bo‘lgan qismi, xususan, shifokorlar, pedagoglar va kuch tuzilmalari xodimlari qamrab olinadi.

Sal oldinroq Qozog‘iston dekabr oyida qozoq vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi ma’lum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0