Hindistonda noma’lum kasallik sabab 350 nafardan ziyod kishi kasalxonaga tushdi

Obuna bo‘lish
Bemorlar kasalxonaga bosh aylanishi va tutqanoq tutib qolishi shikoyatlari bilan yotqizilgan. Shuningdek, ular qo‘qqisdan hushdan ketish va og‘izdagi ko‘pik va titrashdan shikoyat qilishgan.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Eluru shahrida noma’lum kasallik tufayli bir kishi vafot etdi va 350 nafardan ziyod kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda India TV xabar qilmoqda, deya yozadi RIA Novosti.

Bemorlar kasalxonaga bosh aylanishi va tutqanoq tutib qolishi shikoyatlari bilan yotqizilgan. Shuningdek, ular qo‘qqisdan hushdan ketish va og‘izdagi ko‘pik va titrashdan shikoyat qilishgan.

Neftanoe patno - Sputnik O‘zbekiston
Neftda milliardlab noma’lum viruslar aniqlandi - Xitoy olimlari shokda

Tibbiyot xodimlarining ma’lumotlariga qaraganda, 160 nafarga yaqin kishi davolanmoqda, 180 nafardan ziyod kishiga javob berilgan.

Kasallik sabablarini aniqlash uchun shaharga Milliy ovqatlanish instituti, Kimyo texnologiyalari instituti va Butunhindiston tibbiyot fanlari instituti shifokorlaridan iborat guruh jo‘natilgan.

Shuningdek, Andxra-Pradesh shtatining asosiy vaziri Jagan Mohan Reddi Eluruga tashrif buyuradi. U bemorlar bilan muloqat qilib, mahalliy amaldorlar bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

Qon va miyaning kompyuter tomografiyasi tahlillari o‘tkazilganiga qaramasdan tibbiyot xodimlarini qo‘qqisdan kasallanish sababini aniqlay olishmagan. Ehtimoliy sabab bakteriologiya tahlillaridan keyin aniqlanishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0