Dunyoda

Vanga 2021 yil uchun nimalarni bashorat qilgan - OAV

© AP PhotoVanga
Vanga - Sputnik Oʻzbekiston
Tabiiy ofatlar, demografik inqiroz, "oxirgi prezident", "qizil pul" va "kuchli ajdarho" - mashhur bolgariyalik bashoratchi Vanganing 2021 yil uchun bashoratlari.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Mashhur bolgariyalik bashoratchi Vangeliya Pandeva Gushterova (Vanga) 2021 yilda Rossiya demografik inqirozga yuz tutishi va AQSH "oxirgi prezident" va tabiiy ofatlar boʻlishini aytgan edi. 5-tv.ru xabariga asosan.

Ukrasheniye Moskvы k Novomu godu  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Saxo Bank 2021-yil uchun "dahshatli bashoratlarni" eʼlon qildi

Vanga birinchi yarim yillikda RFda demografik inqiroz yuz berishini bashorat qilgan. Ekspertlarning fikriga koʻra, bu koronavirus infektsiyasi bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Vaziyat yilning ikkinchi yarmida yaxshilanishi kerak.

Vanganing yana bir bashorati AQShga tegishli boʻlib, u "oxirgi prezident" haqida aytilgan. Maʼlumki, noyabr oyida saylovlar boʻlib oʻtdi, ammo amaldagi prezident Donald Tramp Jo Baydenning gʻalabasiga ishonmayapti va prezident kursini unga boʻshatishni xohlamayapti. Bashoratchining fikriga koʻra, Tramp soʻnggi davlat rahbariga aylanadi. Amerikada aynan nima sodir boʻlishi aniq aytilmagan, ammo "fuqarolar urushi" va hokimiyat almashishi istisno qilinmagan.

Vanga, shuningdek, AQSH ichki muammolar tufayli jahon sahnasini tark etishi va uning oʻrnini "kuchli ajdaho" egallashi haqida bashorat qilgan. Bu ibora ostida u nafaqat Xitoyni, balki Rossiya va Hindistonni ham nazarda tutgan. Uning soʻzlariga koʻra, odamlar "qizil pul"ga ega boʻlishadi. Ekspertlarning taʼkidlashicha, 100 yuan va 5000 rubl qogʻozlari aynan qizil rangda.

Boshqa bir bashorat - AQShga tabiiy ofatlar, kuchli yomgʻir va “megatoʻfon” tufayli Kaliforniya shtati, Los-Anjeles, San-Frantsisko va San-Diyego shaharlari suv ostida qolishi mumkin.

Telekanal Vanganing ijobiy bashoratlarini ham keltirgan, masalan, insoniyat saraton kasalligini yengadi. Bashoratchi saraton kasalligiga qarshi samarali dori allaqachon yaratilgan, ammo ishlab chiqarishga kiritilmaganligini taʼkidlagandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala