Dunyoda

Bosh qahramon: ozarbayjonlik aktrisa turk serialida suratga tushadi

Ozarbayjonlik aktrisa Aysel Nozim Bi Baksana nomli turk serialida bosh qahramon rolini oʻynaydi. Yangi serialda turk aktyorlardan Oʻzlem Gezgin, Esin Benim, Ahmet Demir suratga tushadi.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Ozarbayjonlik aktrisa Aysel Nozim turk seriali - Bi Baksana'da bosh qahramon rolini ijro etadi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon xabar qildi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Aysel Nazim (@celiahakan)

Aktrisa bir necha oy oldin aktyorlik karyerasini davom ettirish uchun Turkiyaga koʻchib oʻtdi. Ayni vaqtda u yaqinda premyerasi boʻladigan turk serialining suratga olish ishlarida qatnashmoqda.

Unda mashhur turk aktyorlari Oʻzlem Gezgin, Esin Benim, Ahmet Demir va boshqa koʻplab aktyorlar suratga tushadi.

Bundan tashqari, Aysel koʻplab tadbirlarda boshlovchi sifatida ishlaydi.

Aysel Nozim - Ozarbayjon kinematografiyasining eng mashhur yosh aktrisalaridan biri. U koʻplab seriallarda rol oʻynagan. 2019 yilda u turk kinokompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala