Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Siyosat

Bemor AQSH maxsus xizmatlari koʻmagidan foydalanadi — Putin Navalnыy haqida

© AFPAleksey Navalnыy
Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya rahbarining aytishicha, siyosatchi rafiqasining shaxsiy murojaatidan soʻng darhol uni Germaniyaga davolatishga yuborish buyrugʻini bergan

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun oʻtkazilayotgan matbuot-anjumanida Aleksey Navalnыy AQSH maxsus xizmatlari koʻmagidan foydalanib keladi, deya taʼkidladi.

Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanktsiya qoʻlladi

Uning soʻzlariga koʻra, Navalnыyning "zaharlanishi" haqida maqolalar — bu OAV surishtiruvi emas, balki amerika maxsus xizmatlari materiallarini qonuniylashtirilishidir.

"Biz hammamiz bu nimaligini yaxshi tushunamiz. Bu degani berlin klinikasidagi bemor ... AQSH maxsus xizmatlari qoʻllab-quvvatlovidan foydalanmoqda. Uni zaharlashning nima keragi bor, u kimga kerak? Agar istashganida, oxirigacha bajarilardi bu ish. Uning rafiqasi menga murojaat qilgach, men darhol bemorni Germaniyaga davolanishga olib ketilishiga ruxsat berishlarini aytib, buyruq berdim", — dedi Putin.

Rossiya yetakchisi, rossiyaliklarni tan olishlarini "tryuklar bilan emas, real ishlar bilan" qozonish kerakligini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala