Siyosat

Mirziyoyev MDH sammitida sheriklikni kengaytirishga doir aniq takliflarni ilgari suradi

Majlisda delegatsiyalar rahbarlari MDHni 2030 yilgacha boʻlgan muddatda yanada rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasini va uni amalga oshirish rejasini koʻrib chiqadilar.

TOSHKENT, 17 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisi boʻlib oʻtadi.

Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kamilov raisligida MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi oʻtkaziladi

Sammit kun tartibidan MDH doirasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida, shuningdek, yangi xatar va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish sohasida koʻp qirrali munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollarini baholash masalalari oʻrin olgan.

Oʻzbekiston rahbari oʻz nutqida Hamdoʻstlikning uzoq muddatli vazifalari borasida Oʻzbekiston nuqtai nazarini taqdim etishi va amaliy sheriklikni kengaytirishga doir aniq takliflarni ilgari surishi kutilmoqda.

Majlisda delegatsiyalar rahbarlari MDHni 2030 yilgacha boʻlgan muddatda yanada rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasini va uni amalga oshirish rejasini koʻrib chiqadilar. Ushbu hujjatlarda hamkorlikning yaqin va oʻrta muddatli istiqboldagi strategik maqsadlari va asosiy tadbirlari belgilangan.

Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Putin MDH sammitini muhokama qilishdi

Uchrashuv yakunida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga asos solinganining 75 yilligi munosabati bilan hamda xalqaro axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotlar, shuningdek, Hamdoʻstlik faoliyatining turli jihatlariga doir, shu jumladan, 2021 yilda Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi oʻtkazish joyi toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Taʼkidlash joiz, joriy yilda Oʻzbekiston MDHga raislik qilishdek masʼuliyatli vazifani ilk bor oʻz zimmasiga olgan edi.

Pandemiya bilan bogʻliq murakkab sharoitlarga qaramay, Oʻzbekistonning Hamdoʻstlikka raisligi kontseptsiyasi toʻliq hajmda amalga oshirildi.

Hukumat rahbarlari kengashi, Iqtisodiy kengash, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, MDHning boshqa ustav va tarmoq organlarining majlislari muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Qator muhim hujjatlar, jumladan, 2030 yilgacha muddatga moʻljallangan Iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi, Transport sohasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, turizm, sport va yoshlarga oid siyosat sohalarida hamkorlik strategiyalari va boshqalar qabul qilindi. Umuman, 60 ga yaqin koʻp tomonlama tadbir oʻtkazildi, Hamdoʻstlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qiladigan 70 dan ziyod hujjat qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala