Iqtisod

Mirziyoyev bozorlarda narx-navo spekulyatsiyasining qatʼiy oldini olish vazifasini qoʻydi

Prezident raisligida oʻtgan yigʻilishda narx-navoning oshishi keskin tanqid qilindi. Buning oldini olish boʻyicha qator topshiriqlar berildi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash vazifalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, narx-navoning oshishi keskin tanqid qilindi. Buning oldini olish boʻyicha qator topshiriqlar berildi.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi hududlar kesimida tahlil qilindi. Oʻtgan oylarda narx-navo nisbatan oshgan viloyat va tumanlar koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddi idoralarga har bir hududda shtablar tashkil qilib, bozorlarda narx-navo spekulyatsiyasi holatlarining qatʼiy oldini olish vazifasi qoʻyildi.

Ichki va tashqi bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aylanmasini, narx-navosini, mavjud ehtiyoj va talablarni kunlik tahlil qiladigan idoralararo ishchi guruh tuzilishi belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveщanii po razvitiyu lesnogo xozyaystva - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mirziyoyev oziq-ovqat mahsulotlarini arzonlashtirishni buyurdi

Yangi yil bayrami arafasida talab oshishini inobatga olib, rastalarni mahsulotlar bilan toʻldirish, dehqon bozorlari va yirik savdo obʼyektlarida yarmarkalar tashkil etib, ularga tovarlarni arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berish muhimligi aytildi.

Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oʻzgarishi prognoz qilinmoqda. Shu bois ichki bozorga asosiy turdagi tovarlarni kafolatli yetkazib berish uchun maxsus jamgʻarma tashkil qilinib, 50 million dollar ajratilgan.

Mirziyoyev ushbu mablagʻlar hisobidan birinchi navbatda oʻsimlik yogʻi va boshqa zarur mahsulotlarni sotib olib, kamida 3 oylik zaxira yaratish boʻyicha koʻrsatma berdi.

Xuddi shunday ishlar hokimliklar qoshida tashkil etilgan jamgʻarmalar orqali ham amalga oshirilib, har bir hudud oʻz zaxirasini shakllantirishi kerakligi taʼkidlandi.

Bosh vazirga oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, ichki bozorlarni tahlil qilib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini interventsiya qilish, bu borada tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash vazifasi qoʻyildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala