Dunyoda

Oʻzbekiston 2020 yilda rossiyaliklarning talabi yuqori boʻlgan aviayoʻnalishlar uchligiga kirdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishPassajirы v aeroportu Sheremetyevo
Passajirы v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston, Armaniston va Qirgʻiziston 2020 yilda Rossiyadan parvoz qilish uchun ommabop xorijiy yoʻnalishlar uchligiga kiritildi.

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Oʻzbekiston, Armaniston va Qirgʻiziston 2020 yilda Rossiyadan parvoz qilish uchun ommabop xorijiy yoʻnalishlar boʻldi. Bundan Tutu.ru safar va sayohatlar xizmati tadqiqoti darak bermoqda.

Shu bilan birga bu mamlakatlarga parvoz qilish uchun oʻrtacha chek bir yil ichida 13,7 ming rubl (+10 foiz), 7 ming rubl (+6 foiz) va 12,4 ming rublgacha (+19 foiz) oshgan.

Tablo s informatsiyey o vыletax  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonliklar qayerga parvoz qilishni istashmoqda – soʻrov natijalari

Shuningdek, Turkiya, Moldava, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Belarus, Tojikiston va Germaniya eng talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar oʻntaligiga kirgan.

Rossiya 27 mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni toʻxtatib qoʻygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveytsariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar oʻzaro kelishuvga asosan tiklandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat oʻz chegaralarini qachon ochishi haqidagi savol javob berayotib, chegaralar koronavirus bilan bogʻliq vaziyat imkon berishi bilanoq ochilishini maʼlum qildi.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning maʼlum qilishicha, Rossiyada koronavirus pandemiyasi bahorga kelib tugashi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala