Iqtisod

ITB Oʻzbekistonda 509,2 mln dollarlik loyihalarni moliyalashtirishni maʼqulladi

Islom taraqqiyot banki moliyalashtirayotgan loyihalarning amalga oshirilishi 710 mingdan ortiq kishining turmush sharoitini yaxshilash bilan birga, qator hududlarning barqaror rivojlanishiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatadi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Islom taraqqiyot banki (ITB) direktorlar Kengashi Oʻzbekistonda umumiy qiymati 509,2 mln dollarga teng boʻlgan ikkita yirik va iqtisodiy jihatdan ahamiyatli loyihani moliyalashtirishni maʼqulladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.

200 mln dollarlik birinchi loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shuningdek, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida bir qator infratuzilmaviy va ijtimoiy obʼyektlarni modernizatsiya qilishni koʻzda tutadi.

Shtab-kvartira Vsemirnogo banka - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jahon banki innovatsiyalarni rivojlantirish uchun Oʻzbekistonga 50 mln dollar ajratdi

Loyiha doirasida 1161 km suv taʼminoti tizimlari, 626 km massiv ichidagi va massivga olib boruvchi yoʻllar, 1154 km past kuchlanishli elektr liniyalari, 693 km irrigatsiya va drenaj tarmoqlari, 155 oʻquv, tibbiy va 100dan ortiq boshqa inshootlarni qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan.

Bank tomonidan 80 mln dollar ajratilayotgan ikkinchi loyiha mahalliy klinikalarni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash orqali saraton kasalligiga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini har tomonlama takomillashtirish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirishni koʻzda tutadi.

Loyihaning amalga oshirilishi saraton kasaligini erta bosqichlarda aniqlashni yoʻlga qoʻyish va umuman davolash sifatini yaxshilash imkonini beradi. 1,8 mln nafardan ortiq ayollar diagnostika skriningdan oʻtishga va 150 ming saraton bilan kasallangan bemorlar sifatli tibbiy yordam olishga muvaffaq boʻladilar.

Avvalroq mazkur dasturning birinchi bosqichi doirasida Islom taraqqiyot banki tomonidan 37 mln dollar miqdorida mablagʻ ajratilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala