Jamiyat

Ish haftasining oxiriga kelib kunlar iliqlashadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtobusnaya ostanovka v Tashkente
Avtobusnaya ostanovka v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
24-25 dekabrda mamlakat hududiga Eron hududlaridan iliq havo massalari keladi. Havo harorati koʻtariladi va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo 7-12 darajagacha isiydi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Oʻzgidromet haftalik ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Bugun va ertaga Oʻzbekistonda ob-havo sharoitini dam olish kunlari hududga kirib kelgan quruq va deyarli sovuq antitsiklon havo massalari belgilaydi. Barcha viloyatlarda ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻlishi kutilmoqda, kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechalari 0-5° sovuq, kunduz kunlari 0-5° iliq atrofida, baʼzi joylarda 7° iliqgacha boʻladi.

23 dekabrda Kavkaz hududlaridan kirib kelgan biroz nam havo massalari respublika hududlari boʻyicha siljiydi. Respublika hududlarining koʻp qismida yogʻingarchiliksiz bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat markaziy hududlar boʻyicha baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Havo harorati deyarli oʻzgarmaydi.

24-25 dekabrda mamlakat hududiga Eron hududlaridan iliq havo massalari keladi. Havo harorati koʻtariladi va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo 7-12° iliqgacha isiydi.

Hududlarning koʻp qismida shu kunlarda yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga 25 dekabrda janubiy tsiklon kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida asosan yomgʻir koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala