Kolumnistlar

Arman-ozarbayjon chegarasida nega Rossiya FXX chegarachilari paydo boʻldi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishStranы mira. Armeniya
Stranы mira. Armeniya - Sputnik Oʻzbekiston
Toʻqqizinchi noyabrdagi uch tomonlama kelishuvga muvofiq rossiyalik chegarachilarning Armanistonni Qorabogʻ bilan va Ozarbayjonni Naxichevan avtonom respublikasi (Ozarbayjon tarkibida) bilan bogʻlovchi Lochin va Naxchivan yoʻlaklarida yangi vazifalari paydo boʻldi.

Armaniston hukumati rahbari Nikol Pashinyan 21 dekabr kuni Ozarbayjon bilan chegaradosh hududdagi Syunik viloyatiga tashri buyurdi. OAV xabariga koʻra, u keskinlik oʻsayotgan hududga aylanmoqda. Viloyat rahbari yakshanba kuni hatto aholini xavfsizlik maqsadida arman harbiylari tomonidan qoʻriqlanayotgan Syunik hududini oʻtin yigʻish uchun oʻrmonga, mol boqish va boshqa xoʻjalik ehtiyojlar uchun tark etmaslikka chaqirdi. Osuda aholiga hech narsa tahdid solmayapti: arman va ozarbayjon chegarachilari rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda Syunik viloyatidagi Goris-Kapan davlatlararo avtoyoʻlning Vorotan-David uchastkasida chegara naryadlarini joylashtirmoqda.

Avvalroq Armaniston TIV jangovar pozitsiyalarga aniqlik kiritish ilgari tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ Respublikasiga tarkibiga kirgan va Armaniston bilan chegaradosh hududlarning bir qismi Boku nazorati ostiga oʻtgandan soʻng Ozarbayjon bilan chegarasi qismini dekmarkatsiya qilish zarurligi bilan bogʻliqligini taʼkidlagandi. Rossiyalik chegarachilarining ushbu texnik jihatdan oddiy boʻlmagan vaziyatdagi tinchlikparvar vazifalari ravshan. Ular ehtimoliy voqealar va umuman olganda qurolli mojaro “uygʻonishining” oldini oladilar.

Prezident Turtsii Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Erdogʻanning Bokudagi paradga kelishi nimani anglatadi

Syunik viloyati va Zangelan va Kubatli aholi punktlari uchastkalaridagi Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi davlat chegarasini aniqlash “sovet” 21 kilometrli yoʻl yuzaga kelgan suverenitet va ikki respublikaning hududiy yaxlitligiga muvofiq kelmasligi bilan murakkablashadi. Mahalliy aholi uchun oʻta hissiyotli demarkatsiya jarayoni SSSR xaritasi boʻyicha amalga oshiriladi, yaqin kunlarda yakunlanadi va arman-ozarbayjon chegarasi orqali yoʻldagi bexatar harakatni taʼminlashga imkon beradi. Goris-David Bek yoʻl uchastkasida toʻxtovsiz harakatni taʼminlash uchun doimiy ravishda rossiyalik chegarachilar joylashtirilmoqda.

Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga chegaralar delimitatsiyasi va demarkatsiyasi yuzasidan va mintaqa tinchligini mustahkamlash xususida Moskva pozitsiyasini aniq yetkazib uchun Yerevan va Bokuga tashrif buyurdi.

Masʼuliyat yuklangan hududlarning kengayishi

Yerevan xabariga koʻra, soʻnggi kunlarda Armanistonning xalqaro tan olingan chegaralari ortida jangovar harakatlarning qayta boshlanishi ehtimoli oshgan. Keskinlashish Syunik viloyatiga ham tarqalishi mumkin edi. Armanistonning xalqaro tan olingan chegaralarini mustahkamlash yangi xavfsizlik kafolatlarini yaratadi. Shu bilan birga, Rossiya FXX qoʻshinlari chegarachilari, Pashinyanning soʻzlariga koʻra, “Syunekda toʻliq jalb qilingan”. Taʼkidlash joizki, uch tomonlama chegara hamkorligi bir viloyat bilan cheklanib qolmaydi.

Blochno-modulnыy gorodok dlya razmeщeniya rossiyskix mirotvortsev v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Togʻli Qorabogʻ: Rossiya tinchlikparvar kuchlari uchun mobil-shaharcha barpo etildi

Armaniston hududida Togʻli Qorabogʻdagi sentyabrda roʻy bergan keskinlashuvga qadar Rossiya FXX toʻrtta chegara otryadi boʻlgandi (Gyumri, Armavir, Artashat va Megrin), jami 4500 nafarga yaqin kishi. Asosiy diqqat 300 kilometrli arman-turk chegarasini muhofaza qilishga qaratilgandi.

Toʻqqizinchi noyabrdagi uch tomonlama kelishuvga muvofiq rossiyalik chegarachilarning Armanistonni Qorabogʻ bilan va Ozarbayjonni Naxichevan avtonom respublikasi (Ozarbayjon tarkibida) bilan bogʻlovchi Lochin va Naxchivan yoʻlaklarida yangi vazifalari paydo boʻldi.

Noyabr oyi oxirida Armaniston Respublikasi chegara qoʻshinlari xavfsizligini mustahkamlash, Togʻli Qorabogʻdagi tinchlikni saqlash uchun va arman tomonining iltimosiga koʻra Armaniston Respublikasidagi FXX Chegara boshqarmasi tomonidan Armaniston va Ozarbayjon chegarasida joylashtirish uchun 188 nafar qoʻshimcha harbiy xizmatchi va kerakli miqdordagi texnika ajratilgan. Bugungi kunda Rossiya FXX mintaqa boshqarmasining yangi kuchlari paydo boʻlishi ehtimoli yuqori.

Avvaliga uch tomonlama bitim rossiyalik chegarachilar tomonidan 1000 km.ga yaqin arman-ozarbayjon chegarasini bevosita qoʻriqlashni nazarda tutmagandi. Ammo maʼlumki, 2017 yildan buyon Armanistonning Eron bilan chegarasida Rossiya FXX xodimlari boʻlib kelgan. Ehtimol, Aleksandr Botnikovning Yerevan va Bokuga tashriflari arman-ozarbayjon chegarasida rossiyalik chegarachilarni kiritish bilan bogʻliq – arman tomonidan, arman-turk uchastkasi qoʻriqlanayotgani kabi.

Bu Togʻli Qorabogʻda mojaroning har ikki tomoniga foydali, zero ishonchli ravishda xavfsizlikni va Armanistonning hududiy yaxlitligini taʼminlaydi. 2021 yilda harbiy xarajatlari davlat byudjetining 15 foizidan oshuvchi Ozarbayjonning iqtisodiy demilitarizatsiyasiga koʻmaklashadi.

Rossiya Togʻli Qorabogʻ aholisiga qanday yordam bermoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiya Togʻli Qorabogʻ aholisiga qanday yordam bermoqda - video

Mintaqa tinchligiga tahdidlar

Qorabogʻda rossiyalik chegarachilarning boʻlishi 2020 yil 9 noyabrda roʻy bergan tomonlar pozitsiyalarini “qotirib qoʻyishga” qodir va kelajakda mintaqa barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Aleksandr Bortnikovning Janubiy Kavkazga xizmat safarlari Armaniston, Ozarbayjon va Rossiyaning yangi uch tomonlama davlatlararo kelishuvlariga hozirlik koʻrish boʻlishi mumkin. Rossiya chegara javobgarligi hududlari kengayishidan tashqari Yerevan va Bokudagi yuqori lavozimli suhbatdoshlar Ozarbayjon hududida Turkiya harbiylari boʻlishining koʻpayishi mavzusini ham muhokama qilishgan boʻlishlari mumkin. Boʻlish Suriya mojarosi singari davomli va rivojlanishi bilan xavfli (gʻrablik ittifoqdoshlar Anqara harbiy taʼsiri kengayishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlasalar kerak hoynahoy.)

Selo Tagavard v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya va Armaniston mudofaa vazirlari Qorabogʻdagi vaziyatni muhokama qildi

Avvalroq Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar “ozarbayjon birodarlarga” ularning “adolatli ishida” yordam berish davom ettirilishi maʼlum qilgandi. Arman tomoni bilan qurolli mojaroda Anqaraning birodarona koʻmagini ideallashtirish yaramaydi, axir Turkiya NATOga aʼzo. Tashkilotning asosiy vazifasi kuchlarni proyektsiya va sayyoradagi energiya resurslarini nazorat qilishdir.

Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti ekspertlari (International Institute for Strategic Studies) taʼkidlashmoqda: “Ozarbayjonning koʻplab odamlar va moddiy mablagʻlar bahosi bilan erishgan mavhum gʻalabasi... kelajak jangovar harakatlar uchun qiziq”.

Ustiga ustak gap nafaqat radioelektron kurash, dron va artilleriya tizimlarini jangovar qoʻllash taktikasi darslari haqida boryapti. Qorabogʻdagi mojaro yangi tezkor kontseptsiyalarga, markaziy kuch tuzilmalariga oʻtish zarurligini namoyish qildi.

Yaxshi oʻqitilgan va yaxshi jihozlangan armiya dushmanning texnologik ustunliklaridan qatʼi nazar hamisha intizomsiz qoʻshinlarni yengadi.

Gʻarbda Janubiy Kavkaz sinov poligoni yoki ippodrom (Erdogʻanga pul tikishadi) sifatida qabul qilinadi. Xorijiy harbiy tahlilchilar sovuq ravishda davom etishning variantlarini hisoblashmoqda: real harbiy tayyorgarlikka qoʻshimcha investitsiya zarur, sunʼiy intellektdan foydalangan holda umumqoʻshin va koʻp domenli amaliyotlarga diqqat qaratish. Bu geosiyosiy oʻyinda Armaniston, Ozarbayjon va Rossiyaning real xavfsizligi haqida oʻylashmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala