Jamiyat

Moskva va Toshkent kosmosda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitimni tayyorladi

© Foto : NASA / RoscosmosKosmonavt Roskosmosa Oleg Kononenko vo vremya vыxoda v otkrыtыy kosmos
Kosmonavt Roskosmosa Oleg Kononenko vo vremya vыxoda v otkrыtыy kosmos - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va Oʻzbekiston kosmosda hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimning matnini tasdiqladi - Vladimir Tyurdenev.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston kosmosda hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimning matnini tasdiqladilar. Hujjat 2021 yilda imzolanishi mumkin, dedi Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev RIA Novostiga.

"Tinchlik maqsadlarda kosmosni oʻrganish va foydalanishda hamkorlik qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitimning matnini kelishish boʻyicha ishlar yakunlandi", - dedi Tyurdenev.

Diplomatning soʻzlariga koʻra, hujjat navbatdagi oliy darajadagi uchrashuv vaqtida imzolash mumkin.

"Roskosmos" davlat korporatsiyasining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston va Rossiya “Maydanak” rasadxonasida kosmik "chiqindilar" va yerni masofadan zondlash boʻyicha monitoring tizimlarida, sunʼiy yoʻldoshlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalarda, shuningdek, Jizzax viloyatidagi Suffa platosida radiostronomiya observatoriyasi qurilishini yakunlashda ishtirok etishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala