TOSHKENT, 22 dek - Sputnik. Oʻzbekiston sambochilari Moskvada boʻlib oʻtgan Jahon kubogi musobaqasida 14ta medal qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 2-oʻrinni qoʻlgan kiritishdi, deb xabar qilmoqda Milliy Gvardiya telegram kanali.
"Murosasiz bellashuvlar natijasida hamyurtlarimiz - 3 ta oltin, 8 ta kumush va 3 ta bronza medallarni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladilar", - deyilgan xabarda.
Sportchilar orasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Sarbon Ernazarov oltin hamda Ulgʻbek Raxmonov kumush medalni qoʻlga kiritdi. Toshkent xalqaro aeroportida sportchilar munosib kutib olindi.
© Telegram / Natsgvardiya UzbekistanaKubok mira po sambo v Moskve

Kubok mira po sambo v Moskve
Moskvadagi xalqaro turnirda 17 ta davlatdan 130 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etgan.
© Telegram / Natsgvardiya UzbekistanaTorjestvennaya vstrecha sportsmenov v aeroportu Tashkenta

Torjestvennaya vstrecha sportsmenov v aeroportu Tashkenta