Hodisalar

Surxondaryo viloyatidagi masjidda qotillik yuz berdi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Fotobankka oʻtishKupol mecheti
Kupol mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
Mazkur holat yuzasidan qotillikda gumonlanayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va u protsessual tartibda ushlangan.

TOSHKENT, 23 dek - Sputnik. Surxondaryo viloyatidagi Sherobod tumanidagi jome masjidida qotillik yuz bergan. 

Bosh prokuratura matbuot-xizmati hodisa Sherobod tumanida joylashgan jomeʼ masjidi binosida 22 dekabr kuni yuz bergan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra fuqaro M.SH. (1974 y.t., ishsiz) shu masjidning kotibi SH.G. bilan oʻzaro janjallashib, oʻzi bilan olib kelgan oshxona pichogʻi bilan unga tan jarohati yetkazgan.

Jabrlanuvchi SH.G. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaga olib ketilayotganida yoʻlda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan M.SH.ga Oʻzbekiston JKning 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va u protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala