Hodisalar

Toshkentda avtobusda yongʻin chiqdi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishSotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik Oʻzbekiston
Bobur koʻchasida 29 yoshli haydovchi boshqaruvi ostidagi 12-sonli avtobus saroyiga tegishli avtobusning dvigatel qismida yongʻin yuzaga kelgan.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Toshkentda avtobusda yongʻin chiqdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 22 dekabr kuni soat 14:50 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasida 12-sonli avtobus saroyiga tegishli avtobusning dvigatel qismida yongʻin yuzaga kelgan. Yongʻin haydovchi yoʻlovchi tashuvchi avtobusni 47-yoʻnalishda boshqarib ketayotgan vaqtda sodir boʻlgan.

© Press-slujba GUBDD MVDProizoshel pojar v avtobuse v Tashkente
Toshkentda avtobusda yongʻin chiqdi - Sputnik Oʻzbekiston
Proizoshel pojar v avtobuse v Tashkente

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yongʻin yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala