Jamiyat

Uyqu, immunitet va gormon: amerikalik ekspertlar tavsiyalari

CC0 / pixabay / Jenщina spit. Illyustrativnoye foto
Jenщina spit. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Amerikalik ekspertlar uyquga qanday tayyorgarlik koʻrish kerakligi haqida foydali tavsiyalar bilan oʻrtoqlashdi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Ekspertlar uyquga qanday tayyorgarlik koʻrish kerakligi haqida oʻz tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi. Bu haqda Today nashri xabar qildi.

Kartofel - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Kartoshkani qanday toʻgʻri isteʼmol qilish kerak – shifokor tavsiyasi

Janubiy Karolina universiteti tibbiyot fakulteti professori Richard Bogan taʼkidlashicha, uyqu vazn yoʻqotish uchun yordam berishi mumkin.

"Uyqu gormon va immunitet tizimining normal ishlashi uchun zarur. Uyqusizlik yoki shunchaki uyqusiz miya bu - och miya", - deb tushuntirdi u. Bu ortiqcha vazn toʻplanishiga olib keladi.

Shuning uchun Bogan muntazam uyqu jadvalini tuzishni taklif qildi. Unga koʻra, katta yoshli insonlarga uxlash uchun oʻrtacha 7,5 soatdan 9 soatgacha vaqt kerak.

Parhezshunos Sharlotta Xarrisonning soʻzlariga koʻra, ovqatlanish jadvaliga ham rioya qilish kerak, tana 24 soatlik jadval ritmda ishlaydi.

"Bu tananing ichki soati ... Ovqatlanish vaqti bizning ritmga katta taʼsir qiladi, shuning uchun rejalashtirish juda muhim. Agar organizm soat 18 dan 20 gacha ovqatlanishga odatlangan boʻlsa, u “ochlik gormonlari”ni chiqarib, ovqatga qachon tayyorlanish kerakligini biladi. Keyinchalik uxlashga yordam berish uchun melatoninni chiqaradi", - deya tushuntiradi shifokor.

Bunday ritmga rioya qilinsa, tanani iloji boricha tayyorlash, uyqu va ovqatlanishdan maksimal darajada foyda olish mumkin.

Bundan tashqari, parhezshunos ogʻir kechki ovqatdan voz kechishni maslahat berdi - ovqatni hazm qilish tunda uxlashga xalaqit beradi. Biroq, och qoringa uxlash ham kerak emas.

Professor Bogan, shuningdek, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishni cheklashni tavsiya qildi. Hatto bitta ichimlik ham organizmning kaloriyalarni yoʻqotish qobiliyatiga xalaqit berishi mumkin. Bundan tashqari, u xonani 18 darajagacha sovitishni va yotishdan oldin gadjetlardan foydalanmaslikni maslahat berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala