Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Qirgʻizistonda Oʻzbekiston barpo qilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi ochildi

© Minzdrav UzbekistanaV Kыrgыzstane otkrыlas bolnitsa, postroyennaya sovmestno s Uzbekistanom
V Kыrgыzstane otkrыlas bolnitsa, postroyennaya sovmestno s Uzbekistanom - Sputnik Oʻzbekiston
Zamonaviy shifoxona qurilishi va jihozlanishi toʻliq Oʻzbekiston tomonidan moliyalashtirildi va qisqa muddatlarda foydalanishga topshirildi.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Oʻzbekistonning koʻmagi bilan Qirgʻizistonda 200 oʻrinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurib bitkazildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Shifoxona Botken viloyati Qadamjay tumani ochildi. Zamonaviy shifoxona qurilishi va jihozlanishi toʻliq Oʻzbekiston tomonidan moliyalashtirildi va qisqa muddatlarda foydalanishga topshirildi. Muassasa zarur tibbiy jihozlar va mebellar bilan toʻliq jihozlangan boʻlib, bemorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Oʻzbekiston delagatsiyasi ikki tomonlama muloqotlar davomida sogʻliqni saqlash sohasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari, shu jumladan, "COVID-19"ga qarshi birgalikda kurashish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, tomonlar yuqumli kasalliklarni davolash, tashxislash va oldini olish boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

V Spitamenskom rayone Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana sostoyalas torjestvennaya tseremoniya sdachi v ekspluatatsiyu novoy shkolы. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tojikistonda Oʻzbekiston bunyod etgan maktab ochildi

Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev yuqumli kasalliklar shifoxonasining qurilishi, uning jihozlanishida koʻrsatilgan amaliy koʻmak va taqdim etilayotgan gumanitar yordam uchun Oʻzbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, pandemiya davrida moliyaviy imkoniyatlar hamda davolash muassasalarida shifo-oʻrinlari yetishmayotgan shunday murakkab sharoitda oʻzbekistonliklarning ushbu koʻmagi yuqori baholanishini aytib oʻtdi.

200 oʻrinli yuqumli kasalliklar shifoxonasining ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va oʻzbek xalqiga minnatdorlik bildirib, ushbu tashabbus qirgʻiz-oʻzbek xalqlari orasidagi azaliy doʻstlik munosabatlarini yanada mustahkamlashini taʼkidlashdi.

Shuningdek, Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vaziri "COVID-19"ga qarshi kurashish doirasida hamkorlikda olib borilayotgan ishlarni ham alohida eʼtirof etdi.  Oʻzbekiston delegatsiyasi nomidan soʻzga chiqqan sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A. Inoyatov Oʻzbekiston tomoni tibbiyot sohasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligini, shuningdek, butun dunyoga xavf solib turgan koronavirus infektsiyasiga qarshi qardosh Qirgʻiziston xalqi bilan birgalikda kurashishga tayyorligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala