Iqtisod

Xoʻjand sanoat korxonalariga oʻzbek gazini yetkazib berish qayta tiklandi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishVentil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stantsii
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Dastlabki bosqichda gaz Xoʻjandning muhim sanoat korxonalariga yetkazib beriladi, keyinchalik aholiga ham yetkazib berilshi mumkin.  

TOSHKENT, 24 dek — Spitnik. Oʻzbekiston Tojkistonning Xoʻjand shahriga yana gaz yetkazib berishni boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston. 

Ushbu ish tantanali tadbir bilan boshlandi. Unda Soʻgʻd viloyati rahbarlari va gaz yetkazib beruvchi kompaniya rahbariyati hamda jurnalistlar ishtirok etishdi. 

Dastlabki bosqichda gaz Xoʻjandning muhim sanoat korxonalariga yetkazib beriladi. Bugungi kunda Xoʻjandda 150dan ortiq sanoat korxonalari tabiiy gazda ishlamoqda. 

"Ayni damda shahardagi korxonalarning yarmidan koʻpi muqobil energiya manbaiga oʻtishgan. Kelajakda kompaniya tabiiy gazni aholiga yetkazib berishga ham tayyorgarlik koʻrmoqda", - dedi "Soʻgʻdiyongaz" kompaniyasi rahbari. 

Eslatib oʻtamiz 2012 yilda Oʻzbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish toʻxtatilgan, lekin 2018 yilning sentyabr oyida qayta tiklangan edi.  

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala