Mirziyoyev bugun Oʻzbekiston yoshlari bilan uchrashadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na soveщanii s aktivom Xorezmskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev na soveщanii s aktivom Xorezmskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident forumda nutq soʻzlaydi va yoshlar bilan muloqot qiladi. Tadbirning oʻzida 3 ming 300 nafardan ziyod, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafar yigit-qiz qatnashishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 25 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakat tarixida ilk marta oʻtkazilayotgan yoshlar forumida ishtirok etadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveщanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yoshlar va xotin-qizlar manfaatlari: Mirziyoyev besh tashabbus boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi

"Ushbu yirik tadbirni tashkil etish tashabbusi davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 20 noyabr kuni ilgari surilgan edi", - deya aniqlik kiritgan Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

18 dekabr kuni Toshkent shahrida boshlangan forum tadbirlari yanada keng koʻlam kasb etib,mamlakatning barcha shahar va tumanlarida boʻlib oʻtdi.

Yoshlarimiz vazir va hokimlar bilan ochiq muloqot qilish, hokimiyat va boshqaruv organlarining boshqa vakillari bilan uchrashish, yetakchi ekspert va jamoatchilik faollari bilan muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

Bugungi tadbir Oʻzbekiston yoshlari forumining mantiqiy yakuni boʻladi.

Prezident forumda nutq soʻzlaydi va yoshlar bilan muloqot qiladi. Tadbirning oʻzida 3 ming 300 nafardan ziyod, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafar yigit-qiz qatnashishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala