Iqtisod

Prezident 2021 yil uchun Davlat byudjetini tasdiqladi

2021 yil uchun Oʻzbekiston Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Qonunda asosiy koʻrsatkichlar belgilangan.

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Qonunda quyidagi asosiy koʻrsatkichlar belgilanmoqda:

  • 2021 yilda respublika yalpi ichki mahsulotining oʻsishi 5,1 foizni tashkil qilgan holda 688,9 trln. soʻmga yetishi prognoz qilinmoqda;
  • Koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir paytda fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab quvvatlashni davom ettirish, iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash maqsadida, 2021 yil uchun Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari balansi kutilayotalayotgan yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,5 foiz miqdorida taqchillik bilan shakllantirilgan;
  • Bunda, Davlat byudjeti daromadlari 147,2 trln. soʻm, xarajatlari esa Davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olgan holda 165,8 trln. soʻm miqdorida;

Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari 26,2 trln. soʻm miqdorida, xarajatlari esa 40,7 trln. soʻm miqdorida rejalashtirilmoqda. Davlat maqsadli jamgʻarmalarining taqchilligi Davlat byudjetidan transfertlar ajratish orqali qoplanishi koʻzda tutilgan.

Starik schitayet dengi v dushanbinskom parke. Arxivnoye foto  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Davlat byudjeti 2021: qaysi sohalar ijtimoiy xarajatlari oshirildi

Xususan, byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi daromadlari 23,5 trln. soʻm, xarajatlari 36,5 trln. soʻmni tashkil etgan holda Davlat byudjetidan 14,7 trln. soʻm miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining tushumlari 5,3 trln. soʻmni xarajatlari esa 13,4 trln. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda. Ushbu jamgʻarmaning taqchilligi jamgʻarmaning yil boshiga qoldiq mablagʻlari hisobidan qoplanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2021 yildan boshlab Davlat byudjetining qamrovini oshirish hamda toʻliqligini taʼminlash maqsadida, Tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan 12,1 trln. soʻm miqdoridagi xarajatlar Oʻzbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiritilgan.

2021 yil uchun Oʻzbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining yuqori chegarasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foiz miqdorida belgilanmoqda.

Ushbu qonun 2021 yil 1 yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.

Qonunning toʻliq matni bilan quyida tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala