IIV xodimi mast holda jamoat tartibini buzganlik uchun ishdan boʻshatildi
IIV xodimi mast holda jamoat tartibini buzganlik uchun ishdan boʻshatildi
Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi xodimi ichki ishlar organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etgan. 28.12.2020, Sputnik Oʻzbekiston
Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi xodimi ichki ishlar organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etgan.
TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi xodimi mast holda jamoat tartibini buzganlik uchun ishdan boʻshatildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarida IIO xodimlaridan birin mast holda fuqarolar bilan tortishayotgani aks etgan video tarqalgan edi.
IIV matbuot xizmati xabariga koʻra, xodim A.A. xizmat kiyimida mast holda jamoat tartibi hamda IIVning meʼyoriy buyruq talablarini qoʻpol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uygʻonishiga sababchi boʻlganligi uchun ishdan boʻshatilgan