Video

Rossiyada mushuk vazir oʻrinbosari boʻldi – video

Ulyanovsk viloyatida chiqindi konteyneriga tashlab yuborilgan oq-qora rangli mushuk qutqarib olindi. Keyin u uchun maxsus norasmiy lavozim — vazir oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.

Xodimlardan biri chiqindilarni keyingi saralash jarayoniga hozirlayotib, paketni kesgan va unda mushukni koʻrgan. Mushuk jabrlanmagan, lekin juda qoʻrqib ketgani ayon boʻlgan.

Ulyanovsk viloyati Tabiat va tsiklik iqtisodiyot vaziri Gulnara Raxmatulina mushukni idoraga olish tashabbusini bildirgan. Endilikda vazirlikda norasmiy lavozim – hayvonlar dunyosini qoʻriqlash boʻyicha Tabiat va tsiklik iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari joriy etilgan.

Taʼkidlanishicha, mushukni veterinariya klinikasida koʻzdan kechirishgan va u sogʻlom.

Shuningdek, mushukni qutqarib qolgan saralovchi xodim Mixail Tukash va “Gorkomxoz” direktori Igor Perfilyev hayvonot dunyonini saqlashga qoʻshgan hissasi va halol mehnati uchun minnatdorchilik xati bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala