Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Oʻzbekiston aholisi Yangi yilni qor bilan kutib oladimi – sinoptiklar prognozi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovYelka v Tashkent-siti
Yelka v Tashkent-siti - Sputnik Oʻzbekiston
Dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika boʻyicha sovuq va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Bu hafta Oʻzbekistonning barcha hududlari Sibir antitsikloni periferiyasi taʼsiri ostida boʻladi, u Rossiyaning Uraldan Oxota dengizigacha bulgan keng hududini oʻz ichiga qamrab oladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar qilmoqda.

Shu bois dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika boʻyicha sovuq va quruq ob-havo  boʻlishi kutilmoqda. Meʼyordan 4-7 darajaga past boʻlgan harorat hafta davomida saqlanib turadi.

“Yakshanba kuni 27 dekabrda yogʻib oʻtgan qor bu yilgi soʻnggi qor edi, Oʻzbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib oladilar”, - deyilgan xabarda.

Maʼlum qilinishicha, oxirgi marta Yangi yil bayramida qor 2013 yil 1 yanvar kunida yoqqan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala